Senat ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolani qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olish jarayoniga jalb qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilash ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi.
Termiz shahrida 26 yoshli yigit Telegram’da guruh ochib, 37 kishiga noqonuniy diniy saboq berib kelgani aniqlandi. Sud hukmi bilan unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
O‘zbekistonda ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolani qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olish jarayoniga jalb qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda. Tegishli qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Shayxontohur tumanida bolalarni urib, islom dinidan noqonuniy dars bergan shaxs 15 sutkaga qamaldi. Uning kaltaklashi oqibatida 4 bola jarohat olgan. Bir nafar bola 5-qavatdan o‘zini tashlagan. Voyaga yetmaganlarning ota-onalari ham javobgarlikka tortildi.
Peshku tumanida ikki shaxs 28 kishiga, yana biri 8 kishiga arab tili bahonasida noqonuniy diniy ta’lim berib kelayotgani aniqlandi. Ular faoliyati taqiqlangan Sodiq Samarqandiyning ma’ruzalarini ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatib kelgani ham ma’lum bo‘ldi.
Yozyovon tumanida 10 nafar bolaga hujrada noqonuniy diniy ta’lim bergan shaxs aniqlandi. 8 dona diniy mazmundagi adabiyotlar tekshirib ko‘rish uchun hujjatlashtirib olindi.
Andijonlik fuqaro 2020-yildan beri 27 nafar voyaga yetmagan o‘zbek va qirg‘iz bolalarini urib, tan jarohatlari yetkazib, diniy saboq berganligi aytilmoqa. Viloyat IIB gumondorning diniy bilimi hamda dars o‘tish uchun ruxsatnomasi yo‘qligini ma’lum qildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi o‘z tasarrufidagi diniy ta’lim muassasalari uchun qabul sanasi va abituriyentlardan talab etiladigan hujjatlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Bekobod shahrida yashovchi aka-ukalar o‘z xonadonlarida voyaga yetmagan bolalarga noqonuniy tarzda diniy saboq berayotganliklari aniqlandi. Ular bolalardan 800 ming so‘mdan 1,5 mln so‘mgacha oylik to‘lov olib kelgan. Ushbu shaxslarga nisbatan BHMning 7−8 baravari miqdorida jarima hamda ulardan biriga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting